Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda “Kamolot” g‘unchalari” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
20:05 / 2016-10-28

Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” g‘unchalari” II respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda maktab o‘quvchilari o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” g‘unchalari” II respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Badiiy gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa ochilishida mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Qizlarni sportga keng jalb etish va ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11-15 yoshli qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” g‘unchalari” musobaqasi tobora ommalashib bormoqda. Uning hududiy bosqichlarida qatnashgan qariyb 28,5 ming ishtirokchi orasidan saralangan 70 nafar qiz mamlakat bosqichida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Ishtirokchilar xalqa, tasma, koptokda mashq bajarish bahslarida o‘z mahoratini namoyish etdi. Hakamlar ularning chiqishini texnik ijro va badiiylik mezonlari asosida baholadi.

Musobaqada 11, 14 va 15 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida Toshkent shahri vakillari Alina Vagizova, Aziza To‘ychiyeva, Sevara Tursunova, 12 va 13 yoshli qizlar bahsida samarqandlik badiiy gimnastikachilar Mansura Abdug‘afforova va Rayhon Mirsodiqova birinchi o‘rinni egalladi.

“Eng yaxshi kombinatsiya”, “Sharq durdonasi”, “Olimpiya umidlari”, “Kichkina malika” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.