Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamoliddin O‘rinboyevga faxriy professor unvoni berildi
15:21 / 2021-06-04

Joriy yilning 3 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi va Qozog‘iston milliy san’at universiteti tomonidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabar qilmoqda.

Ushbu unvon universitetning ilmiy kengashi tomonidan dunyodagi taniqli madaniyat arboblariga musiqa san’ati rivoji va ravnaq topishi yo‘lida qo‘shgan sezilarli hissasi uchun beriladi. Tantanali marosimda mazkur universitet rektori, Qozog‘iston xalq artisti, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining tinchlik va rivojlanish davlat mukofoti laureati Ayman Musaxodjayeva faxriy unvonni topshirdi.

Qayd etish kerakki, Qozog‘iston milliy san’at universiteti “European Association of Conservatoires (AEC)” tarmog‘iga kiradi va dunyoga mashhur ko‘plab musiqachilar bilan hamkorlik qiladi.

Musiqa san’atining bilimdoni bo‘lgan Kamoliddin O‘rinboyev mamlakatimizdagi «Yoshlik bahori» an’anaviy konsert dasturlari, ochiq osmon ostidagi musiqiy dasturlar, yoshlar ijodiy festivallarining muvaffaqiyatli o‘tishiga munosib hissa qo‘shib kelayotir.

 

N.Usmonova, O‘zA