Joriy yilning 24-27 yanvar kunlari poytaxtimiz Toshkentda Osiyo olimpiya kengashi(OCA)ning navbatdagi 46-Bosh assambleya yig‘ilishi va uning doirasida bir qator sport tadbirlari o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda daxldor tashkilotlar bilan birgalikda yurtimizda ilk bor o‘tadigan mazkur nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarni yuksak darajada tashkil etish borasida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xo‘sh, O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan Osiyo olimpiya kengashining navbatdagi Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun necha nafar xorijiy davlat delegatlari poytaxtimizga kelishi kutilmoqda?
Qit’ada Olimpiya harakatini rivojlantirish istiqbollarini belgilab beradigan, Osiyo olimpiya kengashining prezidenti, Ijroiya qo‘mita a’zolari saylanadigan tarixiy yig‘ilishda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbarlaridan kimlar ishtirok etadi?
Anjumanda aynan qaysi xalqaro sport tashkilotlarining mutasaddilari qatnashish istagini bildirdi?
Aytish lozim, bundan uch yil muqaddam mamlakatimizda Osiyo olimpiya kengashi(OCA) ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi tashkil etilgan edi. OCA Bosh assambleyasi yig‘ilishlarining hech biri nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida tashkil etilmagan.
Shu jihatdan, OCA'ning yangi prezidenti saylanadigan 46-Bosh Assambleya mezbonligi O‘zbekistonga topshirilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu, xalqaro hamjamiyatning mamlakatimizga bo‘lgan katta hurmati, yuksak ishonchining yorqin namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xalqaro aloqalar va protokol departamenti direktori Kamoliddin Ergashev bilan suhbatimiz davomida shu va boshqa masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Y7JlyQaY2rE?si=y5PSGF1KeDEV69-I" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>To‘lqin Ro‘ziyev,
Yoqubjon Meliboyev (video),
Anvarxo‘ja Ahmedov(montaj),
O‘zA