French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamoliddin Behzod tavalludining 570 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi
08:56 / 2025-10-04

"Xovar" axborot agentligi xabariga ko‘ra, rassom Kamoliddin Behzod tavalludining 570 yilligiga bag‘ishlab 26 noyabr kuni Tojikiston Davlat tasviriy san’at va dizayn instituti tashabbusi bilan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. “Miniatyura san’ati va Kamoliddin Behzod naqshlarining madaniyatlararo ta’siri” deb nomlangan anjumanda Miniatyurada badiiy uslub va timsollar, Behzodning Eron va Hindiston badiiy maktablariga ta’siri, XXI asrda Behzod ijodining tarixiy ahamiyati va miniatyuraning o‘rni kabi mavzular muhokama qilinadi.

Tadbirda olimlar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar ma’ruza qiladilar.

M.Pirmatova, O‘zA