Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi
16:33 / 2024-07-18

Vazirlar Mahkamasining «Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan badiiy ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalaridan jami 35 nafar talabgorning hujjatlari ko‘rib chiqildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan  7 nafar iqtidorli va ijodkor talaba tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.  

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasining sohibi guvohnomasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan joriy yilning 20 avgustiga qadar tantanali ravishda topshiriladi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA