Ustoz
Ustozning qadr-qimmati, hurmati yuksak darajada bo‘lgan jamiyatlarda taraqqiyot sari boriladi. Ustoz-murabbiylar insonning tarbiyasida, ta’lim olishida, dunyoni ko‘ra bilishida muhim hal qiluvchi shaxs ekan, o‘z navbatida, uni e’zozlash, hurmatini joyiga qo‘yish, mehnatlarini yuzaga chiqarish lozim.
Afsuski, so‘nggi paytlarda o‘qituvchilarni behurmat qilish, turli vajlar bilan ularga tan jarohati yetkazish, ish faoliyatiga aralashish kabi holatlar ro‘y bermoqda. Bunday ko‘ngilsiz holatlar keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘layapti.
Akademik, san’atshunos olima Kamola Akilova bugun hamma oilada ham ustozga bo‘lgan munosabat shakllanmayotganini, ustozlar, avvalo, inson sifatida hurmatga loyiq ekanini ta’kidlaydi. “O‘z navbatida, ustozlar ham o‘z ustida ishlashi, o‘quvchi va talabalariga namuna bo‘lishi lozim”, deydi u.
“Ustoz” loyihasining ushbu sonida Kamola Akilovaning ustoz haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.
<iframe width="866" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/0vw4uaJBJ0k" title="Kamola Akilova: hamma oilada ham ustozga boʻlgan munosabat shakllanmayapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA