French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamilla Rahimovaning “Australian Open – 2026”dagi raqibi aniq bo‘ldi
12:02 / 2026-01-15

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2026” turnirining asosiy to‘r bahslariga qur’a tashlandi.

Mukofot jamg‘armasi 111,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasidagi asosiy to‘r bahslarida Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova mamlakatimiz sharafini himoya qilishi haqida xabar bergan edik.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Polina Kudermetova saralash bosqichidan chiqqan tennischi bilan raqobatlashsa, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimovani amerikalik Koko Goffga qarshi kortga tushadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA