Kamilla Rahimovani jiddiy raqib kutmoqda
Indian-Uels shahrida (AQSH) ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi “Indian Wells Open” xalqaro turnirida hamyurtimiz Kamilla Rahimova asosiy to‘r bahslarining ikkinchi davrasiga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla turnirning ilk bosqichida kanadalik Bianka Andreskuni 6:7, 6:0,6:1 hisobida yengdi.
Endi Kamilla Rahimova 1/32 final bosqichida dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi, amerikalik Kori Goffga qarshi kortga chiqadi. Darvoqe, bu tennischilarning o‘zaro o‘tkazadigan uchinchi uchrashuvi bo‘ladi. Avvalgi har ikki bahsda Goffning qo‘li baland kelgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA