English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamilla Rahimova Texasda zafar quchdi
10:04 / 2026-02-24

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova WTA tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida start olgan “ATX Open – 2026” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Texas shtatining Ostin shahrida sovrin jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda Kamilla Rahimova dastlabki davrada vengriyalik Anna Bondar ustidan 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, nufuzli musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan K.Rahimova chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan uchrashuvda neytral tennischi Oksana Selexmetevaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA