Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamilla Rahimova niderlandiyalik tennischini mag‘lub etdi
10:16 / 2026-03-10

AQSHning Ostin shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 125 ming AQSH dollaridan iborat "Chellenjer" turkumidagi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Turnirda dunyoning eng mahoratli tennischi qizlari qatorida terma jamoamiz a’zosi Kamilla Rahimova ham bahslarda ishtirok etmoqda.

Kecha birinchi raqamli tennischimiz K.Rahimova turnirning 1/32 finalida niderlandiyalik Lamens Syuzanga qarshi kortga chiqdi.

Ikki soat 31 daqiqa davom etgan o‘yinda Kamilla Rahimova raqibini uch set natijasiga ko‘ra 5/7, 6/1, 6/4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Aytish lozim, bundan avvalgi ikkita turnirda Lamens Kamillani mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rahimova ayni paytda WTA reytingida 88-o‘rinda joylashgan bo‘lsa, 26 yoshli Lamens 113-o‘rinni band etib turibdi.

Xalqaro turnir 14-martga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA