French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeyeva WTA reytingida o‘z o‘rnida qoldi
16:09 / 2026-01-12

Ayollar tennis uyushmasi WTAning yangilangan reytingidan bir qator terma jamoamiz a’zolari o‘rin oldi.

Xususan, Kamilla Rahimova 802 ochko jamg‘arib, reytingning 91-pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Mariya Timofeyeva 523 ochko bilan 138 o‘rinni egalladi. Shuningdek, Polina Kudermetova 150, Layma Vladson 882, Vlada Ekshibarova 1067 pog‘onani band etdi.

Darvoqe, WTA tashkilotining ushbu jadvalida belaruslik Arina Sobolenko 10 ming 990 ochko bilan dunyoning birinchi raqamli tennischisi maqomini saqlab turibdi. Uning ortida Iga Svyontek (Polsha) 8 ming 328 va Koko Gauff (AQSH) 6 ming 423 ochko bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, bugun Avstraliyada start olgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2026” turnirida Mariya Timofeyeva va Kamilla Rahimova muvaffaqiyatli ishtirok eta olsa, WTA reytingida yanada yuqorilaydi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA