Kamilla Rahimova Fransiya kortlarida porlamoqda
Fransiyaning Anje shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida WTA tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Kamilla Rahimova final bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqaning chorak finalida Kamilla Rahimova germaniyalik tajribali tennischi Mona Bartelga qarshi kortga chiqdi. Tennischimiz uchrashuvning ilk setini 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal etgan bo‘lsa, ikkinchi setni tay-brekda muvaffaqiyatli yakunladi. Shuningdek, so‘nggi hal qiluvchi final bosqichiga chiqish uchun xorvatiyalik Antoniya Rujichga qarshi o‘tgan o‘yinda 4:6, 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Endi Kamilla Rahimova bosh sovrin uchun germaniyalik Tamara Korpachga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin bugun soat 18:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA