Kamilla Rahimova Dubayda muvaffaqiyatli start oldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha "Dubai Duty Free Tennis Championships" turnirining saralash bahslarini hamyurtimiz Kamilla Rahimova muvaffaqiyatli boshladi.
Aniqroq aytganda, Kamilla ilk bosqichda argentinalik Solana Serraga qarshi kortga chiqib, 6:3, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa u Ayollar tennis uyushmasi (WTA) tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli musobaqaning saralash bosqichida keyingi davraga yo‘l oldi.
Endilikda K.Rahimova mukofot jamg‘armasi 4 million 88 ming 211 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnir saralashining ikkinchi bosqichida germaniyalik Ella Zaydelga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA