Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamilla Rahimova “Australian Open – 2026”dagi ilk g‘alabasini nishonladi
09:35 / 2026-01-22

Melburn shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan "Katta dubulg‘a" turkumidagi “Australian Open – 2026” musobaqasining juftlik bahslari birinchi davrasi biz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Jumladan, Kamilla Rahimova rossiyalik sherigi Anna Blinkova bilan tandemda juftlik bellashuvlarining ilk bosqichida tayvanlik Chan Hao-Ching va xitoylik Jiang Xinyu duetini 3:6, 7:5, 7:6 hisobida taslim qildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA