Kamilla Rahimova “Adelaide International” finaliga chiqdi
Avstraliyaning Adelaida shahrida “WTA 500” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamilla Rahimova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
“Adelaide International” turnirining yakkalik bahslari asosiy to‘riga chiqish uchun o‘tayotgan saralashning yarim final uchrashuvida K.Rahimova Xitoy vakili Chjan Shay ustidan 7:5, 5:7, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Kamilla Rahimova final bosqichida ruminiyalik tajribali tennischi Sorana Kirstya bilan raqobatlashadi. Uchrashuv mamlakatimiz vaqti bilan 11 yanvar kuni tongda bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA