Kamilla AQSHda, Polina Turkiyada o‘ynaydi
Ikki mahoratli tennischimiz Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova WTA tomonidan AQSH hamda Turkiyada o‘tkazilayotgan xalqaro turnirlarda ishtirokini asosiy to‘r bahslaridan boshlaydigan bo‘ldi.
Jumladan, Texas shtatining Ostin shahrida sovrin jamg‘armasi 283 ming 347 AQSH dollarini tashkil etuvchi xalqaro turnirda Kamilla Rahimova o‘z omadini sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi. U dastlabki davrada vengriyalik Anna Bondar bilan raqobatlashadi.
Polina Kudermetova esa Turkiyaning Antaliya shahrida boshlangan mukofot jamg‘armasi 115 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi WTA turnirida ikkinchi davraga chiqish yo‘llanmasi uchun ukrainalik Oleksandra Olinikova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA