Kamerunda saylov natijalari bo‘yicha tortishuv kuchaydi
Kamerun muxolifati yetakchisi Issa Chiroma Bakari yaqinda mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini ta’kidlab, amaldagi hukumat natijalarini soxta deb atadi. Bu haqda «BBC” nashri yozib chiqdi.
Bakarining so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi barcha saylov uchastkalaridan olingan natijalarni yig‘ib, solishtirganda o‘zining g‘alaba qozonganiga to‘liq ishonch hosil qilgan.

76 yoshli Issa Chiroma Bakari sobiq vazir bo‘lib, 43 yildan buyon hokimiyatda bo‘lgan 92 yoshli prezident Pol Biyaga muxolif siyosatchi hisoblanadi.
Hukmron partiya vakillari muxolifat yetakchisining g‘alaba da’vosini rad etib, uni qonuniy asosga ega emas, deb baholadi. Ta’kidlanishicha, rasmiy natijani faqat Konstitutsiyaviy kengash e’lon qilishi mumkin.

O‘lkada saylov natijalari kechikib e’lon qilinishi ortidan keskinlik tobora kuchaymoqda.
D.Hakimov, O‘zA