Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamerunda avtohalokat tufayli 37 kishi halok bo‘ldi
16:38 / 2020-12-28

“CHina News” agentligi xabariga ko‘ra, Kamerunning g‘arbiy qismida jiddiy avtomobil halokati sodir bo‘ldi.

Hodisa natijada 37 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 18 kishi og‘ir tan jarohati oldi.

Hukumatning yuqori lavozimli vakili Voroya 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan tungi soat ikkilar atrofida 70 kishilik avtobus Fuban shahridan poytaxt Yaunde tomon ketayotgan yuk mashinasini urib yuborganini ma’lum qilgan.

Mulozimning ta’kidlashicha, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Demak, hali qurbonlar soni ortishi mumkin.