French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamchilikka yo‘l qo‘ygan sektor rahbarlari ogohlantirildi
11:55 / 2022-05-30

Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimi yaratildi.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda 23 ta soha mutaxassisidan iborat viloyat va tuman (shahar) shtablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasi ish boshladi. 

Viloyat hokimligining katta majlislar zalida viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlari, mas’ul korxona, tashkilot va muassasa vakillari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida mazkur komissiyaning ilk muhokama majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama etildi, kelgusidagi chora-tadbirlar belgilandi. 

Joriy yil fevral oyida mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurilib, xatlov o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, “Yoshlar balansi” shakllantirildi. Axborotlar “Yoshlar portali” elektron platformasiga kiritilmoqda. Viloyat bo‘yicha 16-30 yoshdagi yoshlar soni 157  ming 990 nafarni, shundan doimiy band bo‘lgan yoshlar 115 ming 434 nafarni, mehnat, ta’lim va kasbga tayyorlash bilan qamrab olinmagan (uyushmagan) yoshlar soni esa 10  ming 364 nafarni tashkil etadi. 

Bugunga qadar 6 ming 602 nafar yoshlar “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan. Shundan 3 ming 52 nafariga kasb-hunar o‘rgatish, imtiyozli kreditlar, yer maydonlari va subsidiyalar ajratish hamda ijtimoiy-moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali amaliy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, mahallalardagi yoshlar yetakchilariga 1 ming 707 nafar yoshlardan murojaat kelib tushgan bo‘lsa ularning 1 ming 98 nafariga 13 turdagi tavsiyalar asosida amaliy ko‘mak berilgan. 609 ta murojaat tegishli tartibda rad etilgan. Shuningdek, yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan joriy yilda 1 ming 177 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi, 158 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi. 2 ming 182 nafar yoshga qishloq xo‘jaligi ekin yer maydonlaridan ajratildi. 

Majlisda erishilgan natijalar bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti eshitilgach, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilik ko‘rsatkichlari, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘paygan. Tanqidiy ruhda o‘tgan majlisda mas’ullar tomonidan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oshishi sabablari o‘rganilayotgani aytildi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sektor rahbarlari ogohlantirildi.

Sh.Suyarov, 
F.Toshmatov(surat), O‘zA