Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamboja afg‘onistonlik qochqinlarning dastlabki guruhini qabul qildi
10:17 / 2021-11-29

Bundan avvalroq qarorgohi AQSHda joylashgan “Osiyo fondi” nodavlat tashkiloti hamda BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissarligi bilan Kamboja hukumati o‘rtasida 300 kishidan iborat afg‘onistonlik qochqinlarga boshpana berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi, deyiladi Khmer Times gazetasining internet sahifasida berilgan xabarda.

Qochqinlarning birinchi guruhi Kambojaga 17 noyabrda yetib kelgan. 28 noyabrda Kamboja hukumati ularga boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun  ketayotib, mamlakatda vaqtinchalik yashab turish uchun qolgan, degan maqomni berdi, deyiladi xabarda.

Mazkur guruhdagi barcha qochqinlar “Osiyo fondi” xalqaro nodavlat tashkilotning Afg‘onistonda faoliyat olib borayotgan bo‘limi xodimlari va ularning oila a’zolaridan iborat ekani aytilmoqda.

Bundan uch oy muqaddam 300 kishidan iborat afg‘onistonlik qochqinlarga vaqtinchalik boshpana berish bo‘yicha Kamboja hukumati bilan bitim imzolangan edi. Qochqinlar ularga doimiy yashash uchun boshpana beradigan  mamlakat aniqlangunga qadar Kambojada vaqtinchalik yashab turuvchi maqomida bo‘ladi.