Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambodjada avtobus ko‘prikdan quladi
15:53 / 2025-11-21

Kambodja markazida yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan suvga qulashi oqibatida 16 odam halok bo‘ldi va yigirma kishi turli darajada jarohati oldi.

“CambojaNews” xabariga ko‘ra, avtobus shimoliy Oddar Menchey provinsiyasidan poytaxt Pnompenga 37 kishini olib ketayotgan bo‘lgan. Baxtsiz voqea kecha tonggi soat 3:00 atrofida Kampongtom hududida yuz bergan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, haydovchi transportni boshqarayotib  uxlab qolgan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda avtobus kran yordamida kanaldan chiqarib olinayotgani aks etgan.

M.Pirmatova,O‘zA