French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Surxondaryoda
16:05 / 2023-11-03

FOTOREPORTAJ

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov hamda mutasaddilar Surxondaryo viloyatida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, aholi murojaatlarini hal etilish holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. 

Mutasaddilar Termiz shahridagi O‘zbekiston mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari va shu hududdagi Alisher Navoiy nomidagi ko‘chada joylashgan ko‘p qavatli uylarning isitish qozonxonasining qish mavsumiga qay darajada tayyorlik holatini ko‘zdan kechirdi. 

[gallery-14377]

Tashrifning keyingi manzillari Termiz shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti va 16-umumta’lim maktablari bo‘ldi. Mutasaddilar ta’lim va tarbiya maskanlarida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini o‘rganib, tarbiyalanuvchilar, o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashdi. Maktabda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘rgatish markazi bilan tanishdi.
Suratlarda:

O‘zA fotomuxbiri Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar