FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatiga aylanib ulgurdi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.
Milliy gvardiyaning viloyat bo‘yicha boshqarmasi rahbariyatiga Jarqo‘rg‘on tumani Oltintepa mahallasida yashovchi, kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj oilalar biriktirilgan. Mutasaddilar tomonidan oilalarning 27 nafar farzandi bepul to‘garaklarga jalb qilindi, 4 nafarining uyida dars mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga bepul tibbiy yordam ko‘rsatildi va 4 nafariga bepul dori-darmon yetkazib berildi. Bundan tashqari, bitta oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida yashash xonadoni ta’mirlab berilmoqda. Endilikda oilalardagi ishsiz a’zolarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda aholiga ko‘maklashish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Vohaning barcha hududlarida mutasaddilar tomonidan biriktirilgan oilalarda amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
[gallery-19749]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA