Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyati tashkil etiladi
19:43 / 2025-03-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom; 

Kambag‘allikni qisqartirsh davlat maqsadli jamg‘armasining Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi; 

Kambag‘allikni qisqartirshp davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur qarorga ko‘ra, Jamg‘arma Jamoat ishlari jamg‘armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasining huquqlari va majburiyatlari hamda shartnomalar, shu jumladan, xalqaro shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi. 

Jamg‘arma Ijro etuvchi direktori va uning o‘rinbosari Jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Jamg‘arma xodimlari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi. 

Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari, shuningdek, Jamg‘arma xodimlarining mehnatga haq to‘lash razryadlari Jamg‘armaning vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. 

Jamg‘armaning asosiy maqsadi “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oila a’zolarining bandligini rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etishga ko‘maklashish uchun ushbu shaxslarga hamda ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish hisoblanadi.

O‘zA