Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi
11:53 / 2025-09-17

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq so‘zladi.

So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekistonda inson haq-huquqini himoya qilish, munosib ish joyi bilan ta’minlash, daromadini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ulkan ishlarni amalga oshirilgani ta’kidlandi.  

Barcha sa’y-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.  

Eng murakkab davrda kambag‘allikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi.  

Davlatimiz rahbari o‘sha paytda bizda kambag‘allik darajasini baholash bo‘yicha aniq mezon va metodologiya yo‘q bo‘lganini qayd etdi. Jahon banki va BMT institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambag‘allikning milliy mezonlari ishlab chiqildik.  

Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.  

Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 2024 yilda 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.  

O‘zA