Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘allikdan farovonlik sari ildam qadamlar
10:10 / 2025-10-10

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” davlat dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu dastur insoniylik, g‘amxo‘rlik va mehr-oqibat tamoyillari asosida ko‘plab oilalar hayotida ijobiy o‘zgarishlar olib kirmoqda.

Jumladan, Piskent tumanidagi “Oq tepa” mahallasida yashovchi Madina Musayeva oilasida ham ushbu tashabbus o‘z ifodasini topgan deya olamiz. Madina opaning tomorqasida bu yil anor hosili mo‘l bo‘ldi. Agar uning hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni sanasa nechta anor donasiga to‘g‘ri keladi? Juda ko‘pligi aniq. Tomorqada yetishtirilgan anor mevasi mo‘l hosilgabergan. Shuningdek, quyonchilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish orqali oilaga sezilarli daromad manbai yaratildi.

– Ko‘rsatilgan barcha yordamlar uchun cheksiz minnatdorlik bildiraman. Bolalar nafaqasi tayinlandi, gaz va elektr energiyasi uchun kompensatsiya berildi. Psixologik xizmat ko‘rsatildi va farzandlarim imtiyozli bog‘chaga qabul qilindi. Monomarkazda o‘qib, ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi yordamida imtiyozli kredit olib, quyonchilik bilan shug‘ullanishga imkon yaratildi. Hozir mahallada bank agenti sifatida faoliyat yurityapman. Bu tashabbuslar oilamizda umid uyg‘otdi, kelajakka ishonch bag‘ishladi, – deydi Madina Musayeva

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi nafaqat iqtisodiy yordam ko‘rsatish, balki ehtiyojmandlarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish orqali ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha hisoblanadi. M.Musayevaning oilasi misolida ko‘rish mumkinki, insonlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularga imkon yaratib berilsa, ular o‘z hayotlarini ijobiy tomonga o‘zgartira oladi.

Shu bois, bunday sa’y-harakatlar mamlakatimizda kambag‘allikni kamaytirish va farovonlikni oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

A. Musayev, O‘zA