FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlar tashabbuskorligida ishlab chiqarish korxonalari soni tez sur’atda oshib bormoqda.
Tumandagi “Namuna” kichik sanoat zonasida “TERRY JAR TEXTILE” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan, qiymati 7 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida Turkiya texnologiyasi asosida paypoq ishlab chiqarishga kirishildi. Loyiha to‘liq ishga tushgach, 250 nafar kishi ish bilan ta’minlanadi.
[gallery-26263]
“YANGIYUL JUICE FACTORY” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 15 million dollar bo‘lgan mevani qayta ishlash va bolalar ozuqalarini ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 200 tadan ortiq doimiy ish o‘rni yaratiladi. Xuddi, shuningdek, “FIRDAVS OZOD DIYORI” MCHJ tomonidan polietilen truba ishlab chiqarish, “Namuna broyler” korxonasi esa yiliga 4,5 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov “Namuna” kichik sanoat zonasida bo‘lib, olib kelingan yangi texnologiyalar va kelgusidagi rejalar bilan tanishdi. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliyotga tatbiq etilayotgan har bir loyihaning o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA