English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘al oilalarning sharoiti o‘rganildi
14:11 / 2024-12-23

Jizzax viloyati ekologiya, atrof muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarish boshqarmasi rahbari Erkin Xolmatov tomonidan kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta oilaning yashash sharoiti o‘rganildi.

Prezidentimizning joriy yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati organlari kambag‘al oilalar bilan muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi, birdamlikda harakat qilishi hamda rahbarlarni kambag‘al oilalarga biriktirish, ularning muammolarini birgalikda yechish ana shunday vazifalardan biri hisoblanadi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbari Erkin Xolmatov tomonidan Paxtakor tumanida kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilgan 5 ta oilaning yashash sharoitlari o‘rganildi. Oila a’zolari bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning muammolari tinglandi.    

“Toshkent” MFY hududida yashovchi G‘ulom Olimov va uning rafiqasi Nilufar Olimovalar tumandagi “YeKOSFYeRA” MCHJga ishga joylashtirildi. Boshqa oilalarning muammolari ham atroflicha o‘rganilib, ularni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, doimiy daromad manbalarini shakllantirish va shu asosda kambag‘alikdan chiqarish borasida chora-tadbirlar belgilanib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

                                        A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari