Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘al oilalarga kredit ajratish tartibi belgilandi
15:17 / 2025-10-02

2025 yil 30 sentyabrdagi 612-son Hukumat qarori bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagilarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi:

noutbuk;

tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari;

ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.

Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi.  

Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Biriktirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi.O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.

Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:

15 million so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;

tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.

O‘zA