Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘al oila farzandlarining sifatli ta’lim olishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
19:35 / 2025-12-24

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi hamda Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Kambag‘al oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim muassasalarida va umumta’lim maktablarida sifatli ta’lim olishini tashkil etish hamda ularga har tomonlama ko‘maklashish  sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

Vazirlik axborotida keltirilganidek, kambag‘al oila farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini yanada yaxshilash maqsadida hududiy hokimliklar bilan birgalikda kambag‘allik yuqori bo‘lgan 1000 ta mahalla ro‘yxati shakllantirildi. Ularda tadbirkorlarni jalb qilgan holda nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 187 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish bo‘yicha bitimlar imzolanib, 50 ming 40 ta bola o‘rni yaratilishiga erishildi.  

50 ta tumanda “Ilk rivojlanish markazlari”tashkil etildi. 2026-2028 yillarda qolgan tuman va shaharlarda markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

Bugungi kunda “Ilk rivojlanish markazlari”da jami 5 ming 366 nafar bolalar qabul qilingan bo‘lib, shundan 1 ming 657 nafari kambag‘al oilalar farzandlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, Prezidentimizning “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha  

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘quv markazlari, mahalliy hunarmand va repetitorlar bilan tekin foydalanish huquqi asosida 910 ta ijara shartnomasi imzolangan. Mazkur o‘quv markazlariga xorijiy tillarni o‘qitish maqsadida 23 ming 476 nafar o‘quvchi jalb qilingan bo‘lib, ularning 3 ming 762  nafarini kambag‘al oilalarning farzandlari tashkil etadi.

Muhokamalarda ayrim hududlarda maktabgacha ta’limga qamrov darajasi pastligi, imtiyozlar haqida ota-onalarning xabardorligi yetarli emasligi, chekka hududlarda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari va to‘garaklar imkoniyati cheklangani tanqid ostiga olindi. Ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA