Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kambag‘al davlatlarga ham vaksina yetkazib berilishi kerakligi aytildi
13:01 / 2021-08-05

Kambag‘al davlatlarga ham vaksinalar yetkazib berilishi maqsadida dunyo mamlakatlaridagi qo‘shimcha, ya’ni ortiqcha vaksinalarga moratoriy e’lon qilish kerak.

“Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus fikr bildirdi”, deb yozadi Reuters. Gebreyesusning aytishicha, revaksinatsiyani hech bo‘lmasa sentyabrning oxirigacha cheklash va yaqin orada har bir davlat aholisining hech bo‘lmasa o‘n foizi emlanishini ta’minlash lozim.

“Biz hozir hammadan ko‘ra ko‘proq vaksinaga ehtiyoj sezayotganlarga birinchi va ikkinchi dozani yetkazishimiz kerak”, dedi tashkilot xodimi Ketrin O'Brayen.