Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamalak yulduzlari” yosh iste’dodlarni kashf etdi
20:07 / 2023-12-19

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalni ochib bergan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Azizbek Toshmatov mamlakatimizda yosh iste’dodlarni aniqlash, ularning iqtidorini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.

[gallery-15133]

Tanlovda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar yakka va jamoaviy tarzda olti yo‘nalishda o‘z mahoratini namoyish etdi.

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijro mahorati uning badiiy saviyasi, originalligi, musiqaviylik kompozitsiyasi hamda sahna madaniyati kabi kriteriyalarga asoslangan holda baholandi.

Festivalda g‘olib bo‘lgan yoshlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar