Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Kamalak yulduzlari" iste’dodli o‘g‘il-qizlarni kashf etmoqda
10:54 / 2022-07-31

Farg‘onada “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi yakunlandi.

Bolalar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va san’atni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan mazkur festivalda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar ishtirok etdi.

Festivalning viloyat bosqichida tuman, shaharlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan va saralangan 300 dan ortiq bolajonlar viloyat bosqichida o‘z iste’dodini namoyish etdi. 6 yo‘nalish 18 nominatsiya bo‘yicha eng iqtidorlilar aniqlandi. Nazm va nasr yo‘nalishi bo‘yicha buvaydalik Xonzoda Muhammadova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

–Festivalda ko‘plab do‘stlar orttirdim,– deydi Xonzoda. –Rosti sahnada juda hayajonlandim. Ammo ishtirokchilarning qo‘llovi katta kuch berdi.

Festivalda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining esdalik sovg‘alari va diplomlari topshirildi.  

M. Sulaymonov, O‘zA