Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamalak yulduzlari” iste’dodlarni jamladi
14:30 / 2019-12-06

Farg‘ona shahrida “Kamalak yulduzlari“ bolalar ijodiyot festivalining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Farg‘ona shahrida “Kamalak yulduzlari“ bolalar ijodiyot festivalining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yosh iqtidor egalarini aniqlash, ular iste’dodini yuzaga chiqarish, navqiron avlodning ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini mustahkamlash kabi olijanob maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan an’anaviy tadbirning shahar va tuman bosqichlarida 7 ming 298 dan ziyod o‘g‘il-qiz ishtirok etdi. Ulardan 700 nafari festivalning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Iste’dodli o‘g‘il-qizlar jami olti yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.

– Farg‘ona san’atkorlar maskani sifatida ham mashhur, – dedi Marg‘ilon shahridagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mubina Po‘latova. – Albatta, ularga munosib bo‘lib, o‘zbek san’atini dunyoga tanitish biz, yoshlarning asosiy maqsadimiz. Men milliy qo‘shiqlar ijrosiga qiziqaman, shu yo‘nalishda ustozlardan tahsil olayapman. Bugungi tadbirda ham ana shu yo‘nalishdagi nominatsiyada g‘olib bo‘ldim.

Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari va viloyatdagi taniqli san’atkorlar ishtirokida gala-konsert uyushtirildi.