Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kamalak bilimdonlari
18:12 / 2015-04-15

Qarshida “Kamalak bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Qarshida “Kamalak bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni chuqur bilimli, faol va yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu an’anaviy tanlovda Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlaridan 14 jamoa ishtirok etdi. Unda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan tashkilot a’zolari tegishli shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. 

Qarshi shahridagi 1-umumta’lim maktabining bilimdon o‘quvchilaridan saralangan jamoa g‘olib deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.