Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kam uglerodli, iqlimga chidamli iqtisodiyotga o‘tish choralari ko‘riladi
17:34 / 2023-11-27

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida ishlarni davom ettirish masalalari haqida so‘z yuritdi.  

Qayd etilganidek,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 19 oktyabr kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Mazkur bitimning maqsadi issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga moslashish salohiyatini oshirish, shu bilan kam uglerodli, iqlimga chidamli iqtisodiyotga o‘tishni ta’minlashga qaratilgan.  

Shuningdek, Koreya Eksimbankining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan amalga oshirilayotgan joriy loyihalar ham muhokama qilindi.  

Uchrashuvda loyihalarning joriy holati to‘g‘risida ma’lumot almashilib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA