Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganlarga qanday imtiyozlar beriladi?
17:11 / 2021-10-05

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Belgilangan qonunga muvofiq, kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oila davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi.  

 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim oladigan farzandlari uchun qishki zarur kiyim-bosh beriladi.  

 Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan hamda san’at maktablari, musiqa maktablari, "Barkamol avlod" markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etiladi.  

 Kam ta’minlangan oilalarning nogiron a’zolari protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlanadi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish huquqiga ega bo‘ladi.  

 Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur ilovada ko‘rsatilmagan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkin.  

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA