Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kam ta’minlangan oilalar tomorqasiga 800 tup mevali ko‘chat ekildi
11:56 / 2020-11-18

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining “O’zLiDeP 17 yoshda: 17 ming oilaga saxovat va ko‘mak” loyihasi orolbo‘yida ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Jumladan, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda mevali daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir doirasida hududiy partiya tashkilotlari tomonidan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” ga kiritilgan moddiy yordamga muhtoj 17 ming oila ahvolidan xabar olish, partiyadan saylangan mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari hamda ko‘ngilli homiylarni jalb etgan holda ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish belgilandi.

Aksiyada Nukus shahridagi “Shig‘is”, “Samanboy”, “Gulzor”, “Shoirlar ovuli” va “Sarbinoz” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi kam ta’minlangan, “Temir daftar”ga kirgan ehtiyojmand oilalarga, ikkinchi jahon va afg‘on urushi qatnashchilari xonadonlariga 800 tup turli xil mevali daraxt ko‘chati ekib berildi.

–Mevali daraxt ko‘chatlarini kuzda va erta bahorda ekish yaxshi natija beradi, – deydi O’zLiDeP Nukus shahar kengashi apparat rahbari Aziz Pirjanov. –Chunki bahorda o‘sib rivojlanishi qulay bo‘ladi. Bu ishlar kelgusi yili erta bahorda ham davom ettiriladi.

Bundan tashqari, partiya tashkil topgan kunga 17 yil to‘lishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi” tashkil qilindi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yanada rivojlantirish, ayniqsa tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, issiqxonalarni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Ayniqsa hozirgidek murakkab va sinovli kunlarda mirishkor dehqonlarimiz tomonidan “daladan dasturxonga” tamoyili asosida aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yarmarka yakunida “Tabiiy toza mahsulot”, “Eng yosh fermer”, “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan fermer”, “Eng shirin poliz mahsuloti” va “Eng vazni og‘ir mahsulot” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ularga hamkor tashkilotlar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA