Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kallas: YeI Ukrainani qo‘llashda davom etadi
15:58 / 2025-12-02

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas YeI Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 187 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflaganini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainaga qancha ko‘p pul sarflansa, u jang maydonida shunchalik kuchli bo‘ladi.

Bundan tashqari, Kallas reparatsiya krediti tartibi bo‘yicha muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish Yevropa Ittifoqining RFga nisbatan mavqeini mustahkamlashini ta’kidladi. 

– Aktivlarni musodara qilish Rossiyaga Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini, shuningdek, Vashingtonga YeI ishonchli choralar ko‘rayotgani haqida signal beradi, - dedi u.

Shuningdek, Kallas Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2 million artilleriya o‘qi yetkazib berish haqidagi va’dasini hali bajarmaganligini qo‘shimcha qildi. 

– Afsuski, biz hali ham o‘q-dorilar tashabbusi bo‘yicha majburiyatlarimizni bajarmadik, lekin tuzilma Kiyevni qo‘llashda davom etadi - deya ta’kidladi diplomat.

S.Rahimov, O‘zA