Kallas Rossiyaga qarshi yangi sanksiya ustida ishlamoqda
Yevropa tashqi ishlar vazirlari bilan videokonferensiyadan so‘ng YeI tashqi ishlar vaziri Kaya Kallas Rossiyaga qarshi yangi sanksiya ustida ishlayotganini aytdi.
— Biz Rossiyaga qarshi keyingi sanksiya, Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirish va Ukrainaning YeI tarkibiga qo‘shilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash ustida ishlayapmiz, — deb yozgan u AQSH hamda Rossiya yetakchilari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv muhokamasidan so‘ng. — YeI davlatlari AQSHning adolatli tinchlikka olib keladigan qadamlarini qo‘llab-қuвvaтлайди.
Kreml va Oq uy avvalroq 15 avgust kuni Alyaskada Putin bilan Tramp uchrashishini ma’lum qilgan.