Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaliforniyadagi yong‘in tufayli mingdan ortiq bino zarar ko‘rdi
08:53 / 2021-08-13

AQSHning Kaliforniya shtatida “Diksi” deb nomlangan o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Ushbu ofat shtat tarixidagi eng dahshatli yong‘inlardan biriga aylandi, deya xabar berdi San Francisco Chronicle sayti.

Alanga 202 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. Oqibatda 1027 ta bino, jumladan, 547 ta yakka tartibdagi uy, sakkizta ko‘p qavatli majmualar, 131 ta notijorat ob’ekti, sakkizta savdo va turar-joy binolari hamda 333 ta qo‘shimcha qurilish binolari zarar ko‘rgan.

14 iyul kuni boshlangan yong‘in shtatning bir qancha okruglariga tarqalgan. Yong‘in oqibatida uch nafar qutqaruvchi jarohat olgan.