French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 66 nafarga yetdi
16:40 / 2018-11-16

Kaliforniyada bir necha kundan beri davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari 66 nafar inson hayotiga zomin boʻldi. 630 dan ortiq odam esa bedarak yoʻqolgan.

Kaliforniyada bir necha kundan beri davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari 66 nafar inson hayotiga zomin boʻldi. 630 dan ortiq odam esa bedarak yoʻqolgan.

Hozirda qutqaruvchilar tomonidan yongʻin sodir boʻlgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Mahalliy politsiya vakillarining aytishicha, qurbonlar soni bundan ham yuqori boʻlishi mumkin.

Kaliforniya shimolidagi oʻrmon yongʻini 8 noyabrda boshlangan va shtat tarixidagi eng vayronkor yongʻin boʻldi. Hozirga kelib u qamrab olgan umumiy maydon 55 ming gektardan oshib ketdi. Yongʻin oqibatida 6,5 ming inshoot vayron boʻlgan.