AQSH Kaliforniya shtati San-Diyego shahrida “Cessna-550” rusumli yengil samolyot turar-joy hududiga qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi.
San-Diyego politsiyasi departamenti ma’lumotiga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqt hududda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilgan – tabiiy ofat sababi quyuq tuman bo‘lishi mumkin. Mahalliy yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi Den Eddi aytishicha, uchoq sahnidagi yo‘lovchilarning aniq soni noma’lum. Hodisa mahalliy vaqt bilan 03:45 atrofida kechgan. Zarba natijasida chiqqan yong‘in 15 ga yaqin turar-joy binosi va bir necha avtomobilga zarar yetkazgan. Manzildagi bir necha ko‘cha aholisi ko‘chirilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, fojia joyida olingan suratlarda keng ko‘lamli qutqaruv ishlarini olib borayotgan o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruv xizmati vakillari, samolyot qoldiqlari ko‘rinadi.

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi voqeani tasdiqlab, holat o‘rganilayotganini aytdi. Saiolyotdagi odamlar soni aniqlanyapti, halokatining ehtimoliy sababi tahlil qilinmoqda.
Mahalliy hokimiyat fuqarolarni hududdan uzoqlashishga chaqirib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishiga ishontirdi.