Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaliforniyada toshqin: qurbonlar bor
12:25 / 2025-12-26

Rojdestvo bayrami arafasida AQSHning Kaliforniya shtatida yog‘gan kuchli yomg‘irlar keng ko‘lamli suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Yomg‘irlar asosan Los-Anjeles okrugi va shtatning janubiy hududlarini qamrab oldi. Ayrim joylarda 27 santimetrgacha yog‘ingarchilik qayd etildi. Natijada minglab aholi evakuatsiya qilindi, asosiy avtomobil yo‘llari yopildi, favqulodda xizmatlar esa suv bosgan hududlarda aholini qutqarish bilan band.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom shtatda favqulodda holat e’lon qildi. Uning aytishicha, bayram oqshomiga kelib, shtatda qariyb 100 ming kishi elektr energiyasiz qolgan.

Qo‘shma Shtatlar gidrometreologiya markazi yaqin kunlarda to‘satdan suv toshqinlari va kichik daryolarning toshib ketishi ehtimoli yuqoriligini bildirdi. 

Musulmon Ziyo, O‘zA