Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaliforniyada ommaviy otishma yuz berdi
17:24 / 2025-12-03

AQSH Kaliforniya shtatida oilaviy tadbirda ikki yoshli qizning tug‘ilgan kuni ommaviy otishmaga aylanib, natijada uch nafar bola va bir 21 yoshli yigit halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “BBC” nashri.

Yig‘in tashkilotchisi Patris Uilyams dastlab eshitilgan tovushlarni sharlarning yorilishi deb o‘ylagan, ammo keyinchalik bu o‘q ovozi ekani ma’lum bo‘lgan. Otishma taxminan yuztacha mehmon to‘plangan ziyofatlar zalida boshlangani aytilmoqda

Rasmiylarga ko‘ra, bir nechta qurollangan shaxslar yig‘ilganlarga hujum qilgan va bu tasodifiy voqea emas. Hozircha gumondorlar qo‘lga olinmagan. Hodisa joyi xavfsizlik hodimlari tomonidan o‘rab olingan.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom fojia qurbonlari xotirasi uchun shtat bo‘ylab bayroqlarni tushirishni buyurdi. Fojiada jinoiy to‘dalar qo‘li bo‘lishi mumkinligi rad etilmayapti, ammo tergov hali davom etmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA