Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaliforniyada kuchli suv toshqini xavfi
17:46 / 2026-02-17

AQSHning Kaliforniya shtatida tabiiy ofat tufayli murakkab vaziyat yuzaga keldi. NBC telekanali xabariga ko‘ra, ayni dam 11 millionga yaqin aholi keng ko‘lamli suv toshqinidan jabrlanishi ehtimoli mavjud.

Xavf darajasi yuqoriligi sabab, Los-Anjeles okrugi qator manzillarida aholini xavfsiz joyga ko‘chirish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma berildi. Shuningdek, San-Fransisko shahri aholisi ham jiddiy ogohlantirilgan.

15-fevralda boshlangan kuchli shamol va tinimsiz yomg‘ir oqibatida ayrim hududlarda yog‘in miqdori 25 millimetrgacha yetishi kutilyapti. Bu ko‘rsatkich Los-Anjeles uchun bir oylik me’yorning qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.

Milliy meteorologiya byurosi mutaxassislari tuproq o‘ta namlangani bois nafaqat toshqin, balki ko‘chki xavfi ham yuqoriligidan ogohlantirgan.

Mahalliy qutqaruv xizmati favqulodda holatga shay qilib qo‘yilgan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA