French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kalifornaya universiteti olimlari zarcho‘vaning yana bir foydali xususiyatini aniqladi
22:00 / 2018-01-29

Zarcho‘va – foydali ziravor. Biz odatda undan osh tayyorlashda foydalanamiz. Biroq Hindiston, Pokistonda va boshqa bir qator sharq mamlakatlari bu ziravorni har kuni iste’mol qiladi.

Zarcho‘va – foydali ziravor. Biz odatda undan osh tayyorlashda foydalanamiz. Biroq Hindiston, Pokistonda va boshqa bir qator sharq mamlakatlari bu ziravorni har kuni iste’mol qiladi.

Zarcho‘va qon aylanish tizimini yaxshilash, qandli diabet, bo‘g‘im og‘rig‘i, oshqozon-ichak, shamollash kabi kasalliklarni davolashda juda foydali. Chunki zarcho‘vaning ildizi bu kuchli oksidant, kurkumin deb ataluvchi sariq rangli pigment, shuningdek, kalsiy, temir, yod, fosfor, kalsiy, S va V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, efir moyi va boshqa moddalarga boy.

Los-Anjelesdagi Kalifornaya universiteti olimlari xulosasiga ko‘ra, zarcho‘va qo‘shilgan taomni har kuni iste’mol qilish sog‘lom insonda xotirani yaxshilash va aqliy zaiflik alomatlari bilan kurashishga yordam berar ekan. Bu haqda RIA novosti xabar beradi.

Bu ziravorining foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Unda 50 dan 90 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar ishtirokchida bu jarayon o‘rganildi. Parishonxotirlik va xotiraning yomonlashganidan shikoyat qilgan ishtirokchilar o‘n sakkiz oy mobaynida dori o‘rnida platsebo yoki 90 milligramm kurkuminni (zarcho‘va ildizidan olinadigan modda) kuniga ikki mahaldan qabul qilgan.

Tekshiruv va diqqatni aniqlashtiruvchi test natijalariga ko‘ra, ularning e’tibor jamlashi 28 foizga yaxshilangan. Xushbo‘y ziravor ular kayfiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Ammo bunda ziravorning noxush asorati ham aniqlandi. Kurkumin modasini qabul qilgan to‘rt kishi qorindagi og‘riq va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan.