French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kaleydoskop”dan sara asarlar o‘rin oldi
16:48 / 2023-08-07

Poytaxtimizdagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Kaleydoskop” nomli ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 17 nafar rassomning turli uslubda ishlangan 40 ga yaqin sara asarlari namoyish qilindi.

Xalqaro madaniyat karvon saroyi badiiy fondi 2007 yilda shakllangan bo‘lib, yildan yilga taniqli va yosh rassomlar asarlari bilan boyib bormoqda. Ushbu asarlar yilda bir marta tomoshabinlarga ko‘rgazma tarzida namoyish qilinadi.  

Bu yilgi ko‘rgazmadan Anatoliy Bobrovning Ch. Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romaniga ishlangan illyustratsiyasi, avtolitografiyalari, Xurshid Sattorovning “Eski Buxoro”, Vladimir Nazarovning “Toshkent” asarlari joy oldi.  

Shuningdek, Galina Lining “Asirga olishdi”, Yapon ertaklari: “Qo‘rqinchli Matik”, “Tanaki xoxotun”, “Yamaxori, uylanishni istagan yigit”ga ishlangan illyustratsiya, avtolitografiyalari, Mohira Rahmonovaning “Xayollar parvozi”, “Ona va bolalar”, Medat Kagarovning “Shiddat”, “G‘olibga shon-sharaflar”, “Kun”, “Turfanga ilk tashrif”, litografiya, “Bahor”, Gulzor Sultonovaning “Baxt qushi”, “Shoir iztirobi”, Buyuk Ipak yo‘li”, Galina Naumovaning “Olmali natyurmort, “Gullar bilan natyurmort”, “Eski qumg‘on” asarlari o‘rin olgan.  

Shu bilan birga ko‘rgazmadan Ruxshona Hoshimova, Radik Azizov, Yevgeniy Pak, Muhammad Foziliy, Sh.Mahmudov, Fazliddin Anvarov, Muhiddin Risqiyevning asarlari ham o‘rin olgan.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA