Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kakaydi garnizonida “Ochiq eshiklar kuni”
14:45 / 2024-06-26

Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, shubhasiz, o‘sib kelayotgan avlodning yurtga muhabbat tuyg‘usini ulg‘aytirib, Vatan himoyasidek sharafli ishga qiziqishini, intilishini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi hamda Kakaydi garnizonidagi harbiy qismlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mana shunday ruhdagi tadbirlarning bardavomligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ushbu maqsadda Kakaydi garnizonida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.  

[gallery-17993]

Tadbir davomida bir guruh yoshlarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi, shuningdek, ular harbiy qismda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlari, o‘quv xonalari, kutubxona, muzey va mavjud o‘quv-moddiy bazalari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat)O‘zA