French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish yo‘lida
15:27 / 2025-05-22

Oqoltin tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati hamda aholining davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar markaz binosida yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholiga taklif etilayotgan yangi tashabbus va imkoniyatlar bilan tanishdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tumandagi “Inson” markazi hamda 13 nafar ijtimoiy xodim orqali mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga davlat tomonidan kafolatlangan xizmat va yordamlar ko‘rsatilmoqda. 

Jumladan, 2024 yil davomida 5 438 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning besh oyi mobaynida bu ko‘rsatkich 5 209 nafarni tashkil etdi. “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar” reyestrida 51 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga 5 nafar ijtimoiy xodim-assistent tomonidan ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Bundan tashqari, 230 nafar ehtiyojmand fuqaro protez-ortopediya vositalari va reabilitatsiya texnik jihozlari bilan ta’minlandi va buning uchun jami 398 million so‘mlik mahsulot yetkazib berildi. Shuningdek, 71 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro ta’lim, sport va mehnat faoliyatiga jalb etildi. Shuningdek, 17 nafar yetim boladan 3 nafari 2025 yilda uy-joy bilan ta’minlanishi belgilangan. 

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 1 658 ta oila so‘rovnomadan o‘tkazilib, shundan 1 007 tasi reyestrga kiritilgan. Ulardan 824 tasi uchun individual rejalar ishlab chiqilib, jami 1 003 ta ijtimoiy xizmat ko‘rsatilgan. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri.